Go`daklarni qaqshatgan zo`ravonlar qilmishiga yarasha jazo oldi

13:04, 05 aprel

Odamzodning eng go`zal fazilati bu uning axloqidir. Axloq – insonning boshqalar uchun namuna bo`la oladigan ijobiy xatti-harakatlari, kundalik hayotida amal qilishi shart bo`lgan tartib-qoidalarning yaxlit yig`indisi. Buning aksi esa axloqsizlik sanaladi. Jinoyat va jinoyatchilikning zamirida ham insonning axloqsizligi yotadi. Oramizda ba`zi odamlar borki, unday kimsalarning qilgan axloqsizligidan hatto hayvonlar ham jirkanishi tayin. Shubha qilyapsizmi?.. Unda “qahramonimiz” Hamid Alimov(ism-familiyalar o`zgartirilgan) qilmishlari bilan tanishing, bunga o`zingiz guvoh bo`lasiz. 

“Original” g`oya

Ayni o`qib, ergangi kuni uchun zamin yaratadigan yoshda  bo`lgan Hamidning xayolini ko`proq buzuqliq egallab olgan ekan. 2012 yilning fevral oyi boshlarida biror foydali ish bilan mashg`ul bo`lish o`rniga uyda uzala tushib yotgan H.Alimov miyasida axloqsizlik “ummonida cho`milish” fikri paydo bo`ldi. Bu niyat aqli raso odam uchun qanchalar jirkanchli bo`lsa, u uchun o`sha tobda “original” g`oyadek tuyulgan bo`lsa ajab emas.  Shosha-pisha tashqariga otlangan Hamid ko`chada o`ynab yurgan voyaga etmagan, hali 14 yoshga to`lmagan qo`shnisi Komilni uchratib qolib, uni “nishon”ga oldi. Asta bolakayning oldiga borib: “Yur, biznikida birga o`ynaymiz”, deydi g`araz maqsadi sari dadil ildamlab. Qo`shni bola uning asl niyatidan bexabar hech ikkilanmasdan rozilik bildiradi. Ikkalasi Hamidning xonadoniga kirishadi. Uyga kirishlari bilan Hamid xuddi o`ljasini kutib yotgan hayvonday Komilga tashlanadi. Voqealar rivoji bunday tus olishini kutmagan bola yig`lab qarshilik ko`rsatdi. Ammo... 

“Yangi kino”

G`ayritabiiy uslubda jinsiy ehtiyojini qondirgan Hamid qilmishini yashirish maqsadida Komilni: “Agarda hozirgi ishlar haqida churq etsang,  seni o`sha zahoti o`ldiraman”, deya o`dag`ayladi. Uning tahdididan qo`rqqan bolakay bo`lib o`tgan voqea haqida hech kimga og`iz ochmadi. Bu esa H.Alimovga dadillik bag`ishladi chog`i oradan yana bir necha kun o`tib yana Komilni yangi kino qo`yib berish bahonasi bilan avrab, uyiga olib kirdi...

Jinoiy sheriklik

Tobora axloqsizlik botqog`iga botib borayotgan Hamid boshqalarni ham o`zi bilan tortishni rejalashtirdi. Buni qarangki, tanishlari Shokir hamda Sarvar ham uni insofga chaqirish o`rniga H.Alimovni qo`llab-quvvatlashdi. Uchovlon birgalashib, reja tuzishadi. Vazifalar taqsimotiga ko`ra, bolakaylarni uyga olib kelish Hamidning zimmasiga tushadi. U ko`chaga chiqib, Komil va Sobirni aldagani bola yaxshi qabilida: “Yuringlar, uyimizda futbol o`ynaymiz”, deya avraydi. Bolakaylar axloqsizlik maskaniga aylanib qolgan xonadonga kirishlari bilan uch yigitning qurshovida qolishadi...

Yopiqligicha qolgan qozon

Yigitlar qilgan ishlaridan masrur, garchi bu qabihlik inson zotiga munosib bo`lmasa-da. Bolakaylar esa odam qiyofasidan chiqib bo`lganlar qarshisida zor qaqshab, ularning zo`ravonligidan titrab turishardi. Bu safar ham yopiq qozon yopiqligicha qolaveradi. Bundan ruhlangan Hamid bir necha bor shunday jirkanch ishlarini davom ettirib yuraverdi. Biroq...

“Tashrif qog`ozi” va...

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlaridan “tashrif qog`ozi” olgan H.Alimovning yuragiga g`ulg`ula oraladi. Qilmishim hech qachon oshkor bo`lmaydi, degan xayoldan sarmast bo`lib xato qilganini anglab etdi. Qanday qilib jazodan qutulish borasida bosh qotirarkan, Qozog`iston Respublikasidagi tanishi yodiga tushdi va unga qo`ng`iroq qildi.   

 Javobgarlikdan qochish maqsadida Hamid aylanma yo`llar orqali davlatimiz chegarasini buzib, qo`shni mamlakatga o`tib ketdi. Bu gal ham u kalta o`ylagandi. 

O`zga yurtda bir muddat yashab, O`zbekistonga qaytayotganida qonun posbonlari tomonidan qo`lga olindi. Endi u qonun oldida qilgan jinoyatlari  uchun javob berishga majbur.  “Qilmish - qidirmish” deya shuni aytishsa kerakda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 22:59, 06 aprel
otish kerak ularni er yuziga urin yuq unaqalarga