G`ulomjon Yoqubovning duetdoshi kimligi ma`lum bo`lgach zal “portladi” (Video)

14:34, 05 aprel

Har yili xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Sen aziz va muqaddasan ayol” konsert dasturi tashkillashtirib kelinadi.

Rejissyor Sa`dulla Abdullaev tashkilotchiligida o`tkazilgan 2016 yilgi konsert kuni kecha internetning Youtube tarmog`iga joylandi.

Mazkur konsert dasturiga tashrif buyurganimizda unda ijro etilgan bir duet haqida albatta yozishni maqsad qilib qo`ygandik. Mana nihoyat u haqda nafaqat so`z bilan gapirish balki videoni namoyish etish imkoni tug`ildi.

“Istiqlol” san`at saroyida taqdim etilgan “Sen aziz va muqaddasan ayol” konsert dasturida O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti G`ulomjon Yoqubov hamda xonanda Jahongir Poziljonov duet kuyladi. 

G`ulomjon Yoqubovning “Buncha go`zal” taronasini zamonaviy yo`nalishda kuylash taklifi ustoz san`atkorning o`zidan chiqqan. Bu haqda uning o`zi ma`lum qildi. Jahongir Poziljonov avvaliga duetni kuylab, ustoz xonandaning asl qo`shig`ini buzib qo`yishdan qo`rqqan. Duet kuylandi. 

Sahnada ota-ona haqida tarona taqdim etgan G`ulomjon Yoqubov keyingi duet taronasini e`lon qilar ekan, dastavval duetdoshi kim ekanligini sir tutdi, sahnaga Jahongir Poziljonov kirib kelgach esa zal qarsaklar jarangi va hayqirig`lardan “portladi”. 

Tarona tugagach, ustoz san`atkor duetdoshiga gul taqdim etdi va birga kuylangan duet uchun minatdorchilik bildirdi.

Xullas, ko`p gapirgandan bir ko`rgan ma`qul. Duetni tinglab, barchasiga o`zingiz guvoh bo`ling.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 15:16, 05 aprel
сизни жуда хурмат киламиз санаткор сифатида хам инсон сифатида хам кушикларингизга гап йук умрингиз узок булсин хамиша сахна турида булинг