Selfi-dronlar selfi-tayoqlarni texnika bozoridan siqib chiqaradi

14:43, 05 aprel

Va nihoyat selfi-tayoqlarga munosib raqib bo`la oladigan gadjet yaratildi, deb xabar beradi “Vesti” nashri.

Selfi ishqibozlari uchun manzur bo`ladigan va selfi-tayoqlarni texnika bozoridan siqib chiqarishi kutilayotgan qurilma selfi-dron deya nomlanadi.

“ROAM-e”—selfiga tushirish uchun mo`ljallangan va mustaqil uchib yuradigan apparat hisoblanadi. U hozirda ommalashgan selfi-tayoqlardan ancha qulay. 

Dron smartfon egasi atrofida muntazam ravishda uchib yurishga qodir. U sizni suratga tushiradi va voqea joyidan onlayn-translyasiya olib boradi. Dron texnologiyasi foydalanuvchini hamma vaqt kadrda ko`rsatib turadi. 

Agar drondagi “Ortimdan kuzat” funksiyasi yoqilsa ROAM-e egasidan uch metr uzoqqa uchib ketmaydi. An`anaviy rejimda selfi-dronning uchish radiusi 25 metrgacha etadi. Ya`ni u sizni 25 metr uzoqlikdan ham suratga olaveradi.

Qurilmada panorama rejimi ham ko`zda tutilgan. Ya`ni u sizni 360 darajada aylantirib, suratga oladi.

Dron 20 daqiqa uchib yurishiga etadigan akkumulyator bilan ta`minlangan. Biroq, uning kamchiliklaridan biri akkumulyatorni to`ldirish uchun yana ikki soat kerak bo`ladi.

Selfi dronning boshlang`ich narxi 349 dollar deb baholangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!