6 aprel kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

14:53, 05 aprel

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 6 aprel kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. G`arbdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-7, kunduzi 15-17 daraja issiq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 2-7,  kunduzi 10-15 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 5-10,  kunduzi 17-22 daraja issiq bo`ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi.  Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja issiq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja issiq bo`ladi.   

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja issiq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`ladi. 2500 metrdan baland hududlarda qor ko`chish xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!