Antonio Konte “Chelsi” bosh murabbiyi etib tayinlandi

15:28, 05 aprel

Angliyaning “Chelsi” jamoasi italiyalik mutaxassis Antonio Konte bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini e`lon qildi. Bu haqda klub rasmiy saytiga tayanib, championat.com xabar bermoqda

Italiyalik 46 yoshli murabbiy yozda “Chelsi” boshqaruvini o`z qo`liga oladi. Mavsum yakuniga qadar esa Gus Xiddink London jamoasini boshqaradi. Ayni paytda Italiya termasini boshqarayotgan Konte Evro–2016 turniridan so`ng yangi jamoasiga o`tadi.

Konte hisob bo`yicha “Chelsi”ni boshqargan beshinchi italiyalik murabbiy hisoblanadi. Undan oldin Janluka Vialli, Klaudio Raneri, Karlo Anchelotti va Roberto Di Matteo kabi italiyalik mutaxassislar “nafaqaxo`rlar”ni boshqargan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!