Boyib ketishingizga xalal berayotgan 10 ta to`siq

16:12, 05 aprel

Boy bo`lishni kim ham orzu qilmaydi, deysiz?Lekin buning uchun faqat orzuning o`zi etarli emas. Quyida psixologlar boyishga xalaqit beradigan 10 ta jihatni sanab o`tishgan... 

1. Qo`shnilaringiz siz haqingizda nima deyishi sizni bezovta qiladi. Hayot bu musobaqa emas. Sizning eng yaqin do`stingiz o`ziga BMW sotib olgani bilan kimning nima ishi bor? Yoki singlingiz bolalarini dizaynerlar tikkan liboslar bilan kiyintirishi nega sizga ta`sir ko`rsatishi kerak? Siz o`zingiz uchun nima yaxshiligini aniqlab oling va o`z imkoniyatlaringiz doirasida xarajatlar qiling.  

2. Sabrsizlik. Kredit kartochkalar davri boshlangunicha kreditdan istaganingizcha foydalanish mushkulroq edi. Hozir hammasi o`zgargan. Lekin tezroq boyib ketish orzusi bizga hech tinchlik bermaydi. Ammo sabr qilsak, o`shanda mulkka ega bo`lamiz. 

3. Zararli odatlar. Chekish, alkogolga ruju qo`yish, ko`ngilochar o`yinlar, bular faqatgina moddiy zarar etkazib qolmasdan, bu odatlar sizni uzoq vaqt o`z ta`sirida ushlab turib, keyin badalini to`lashingizga majbur qiladi.  

4. Aniq maqsad yo`q. Boyish uchun avvalo moliyaviy maqsad va rejalar zarur. Ularsiz siz xaritasiz sayohatga chiqqan yo`lovchiga o`xshaysiz. 

5. Tayyorgarlik zarur. Sizda shoshilinch vaziyatlar uchun alohida jamg`arma bo`lishi lozim. U sizning xavfsizligingizni ta`minlaydi va taqdirning kutilmagan zarbalaridan himoya qiladi. 

6. Birdan mo`may pulga ega bo`lish xohishi. Tezroq boyib ketish xayoli turlicha namoyon bo`ladi. Masalan, har doim lotereya bileti sotib olganingizda, birjada yutishga harakat qilganingizda, ko`chmas mulk va qimmatli metallar sotuvida qanday qilib tezda boyib ketish mumkinligi haqidagi navbatdagi kitoblarni o`qiganingizda siz birdan boyib ketishni xohlaysiz. Buning uchun eng qisqa yo`ldan borishga harakat qilasiz. Aslida bunday yo`lnning o`zi yo`q. 

7. Boshqalar pulingiz haqida qayg`urishiga qo`yib berasiz. Djeffri Streyn qayd qilganidek, «sizga pulingizni biror ishga sarflash haqida aytishganida ko`pchilik insonlar avvalo o`z foydasini ko`zlaydi va bu ularning asosiy maqsadi hisoblanadi”. Shunning uchun siz o`zingiz mablag`ni qanday sarflashni rejalashtirishni, mustaqil qaror qabul qilishni o`rganishingiz lozim. 

8. Tushunmagan sohaga mablag` sarflaysiz. Moliyaviy bilim juda zarur. Agar siz sarmoyani  qanday ishlashini yaxshi tushunsangiz, mablag` sarflashda aqlli qarorlar qabul qila olasiz. Buning uchun mavzuni o`rganishga bir yoki ikki soat vaqt sarflasangiz ham bu fikringizni o`zgartira oladi. 

9. Moliyaviy qo`rquv. Bankdagi hisob – bu mablag`ni ko`paytirish emas. Etarli mablag`ga ega bo`lish uchun tavakkal qilishga tayyor bo`lishingiz lozim. 

10. Siz o`zingizning moliyaviy ahvolingizdan bexabarsiz. Ba`zi odamlar o`zining moliyaviy ahvolini tekshirib ko`rib, uni baholay olmaydi.  Pullaringizni nazoratga oling. Moliyaviy ahvolni nazarga ilmaslik vaziyatni og`irlashtiradi. 

Bu qatorga 11-punktni qo`shish ham mumkin: Tanlay olmaslik. 

Ba`zida tavakkal qilish yaxshi samara beradi. Xarajatlar ko`payib ketgan vaqtda qaysi biri muhimligini tanlay bilish kerak. Agar noto`g`ri tomonga tavakkal qilsangiz, vaziyatni yomonlashtirasiz. Agar to`g`ri qadam tashlasangiz, salbiy xayollardan qutulib, orzularingizga erishasiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!