Rossiya prezidenti Vladimir Putinning boyligi hisoblab chiqildi

16:36, 05 aprel

Jurnalistlar va analitiklar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qancha mol-dunyosi borligini aniqlashga harakat qilishdi, deb xabar berdi “Meduza.io” nashri.

Uyushgan jinoyatchilik va korrupsion jinoyatlarni o`rganuvchi markazning tekshiruviga ko`ra Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin do`sti violonchel chaluvchi Sergey Roldugin milliard rubllik aylanishga ega ofshorga egalik qilgan. U haligacha Rossiya televideniesining katta reklama sotuvchisi hisoblangan kompaniyaga ham sohiblik qiladi. Manbaning xabar berishicha, Rolduginni pul qiziqtirmaydi, u faqatgina boylik “qo`riqchisi” hisoblanadi. Vladimir Putinning bor mol-davlati haqida u prezident bo`lgandan beri jurnalistlar va analitiklar turlicha baholab kelishgan. 

Pul

Rossiya prezidenti 2014 yilda oylik maoshi qancha ekanligini bilmasligini aytgan edi. “Qo`limga pul tushishi bilan ularni “Rossiya” bankidagi hisobimga qo`yish uchun yuboraman”, dedi u. Putin bank egasi Yuriy Kovalchukni prezidentga yaqin aloqada bo`lganlikda ayblab, sanksiya qo`yilgandan keyin maoshini aynan shu bankdagi hisobiga qo`yadigan bo`ldi. 

Forbes jurnali 2015 yilda eng boy odamlar ro`yxatini e`lon qilganda ularning orasida Vladimir Putin tilga olinmagan. Nima uchun bu ro`yxatdan Putinning ismi-sharifi tushib qolganligi haqida berilgan savolga jurnal vakili “Biz uning boyligi bir milliard dollardan ortiq yo kamligi haqida ma`lumotga ega emasmiz”, deb javob bergan. 

Vladimir Putinning rasmiy daromadi 2014 yilda 7,7 million (oyiga 638 ming) rublni tashkil etgan. 

Matbuotda uning mol-davlati siyosatchi Stanislav Belkovskiy tomonidan hech bir asossiz 40 million dollarga baholangan. Uning ta`kidlashicha, Putin “Gazprom” va “Surgutneftgaz”ning ulushini shaxsan nazorat qiladi. Rossiyada soliq to`lamaganlikda ayblanib, sudlangan Bill Brauder Putinning daromadini 200 milliard dollar deb baholagan. 

Bir paytlar Putinning yaqin odamlaridan biri hisoblangan, hozirgi kunda Rossiya va Britaniya huquq-tartibot idoralaridan qochib yurgan bankir Sergey Pugachevning aytishicha, Rossiya prezidenti amalini boy inson sifatida tark etishni xohlashini hech qachon yashirmagan. 

Ko`chmas mulk

Rasmiy deklarasiyaga asosan Putinning uyi, garaji va er uchastkasi bor. Milliard dollarga baholangan Gelenjikdagi ulkan saroyni ham Vladimir Putinga tegishli deb hisoblashadi. Bu saroy haqida ilk marotaba 2010 yilda tadbirkor Sergey Kolesnikov ma`lumot bergan edi. 

O`sha paytda hukumat bu ma`lumotni rad etgan. 2011 yilda muhtasham saroyni biznesmen Aleksandr Ponomarenko sotib olgan. 

Sobiq bosh vazir o`rinbosari Boris Nemsov Vladimir Putinning 20 ta qarorgohini sanab o`tgan edi, ularning asosiy qismi davlatga tegishli bo`lgan.

Transport

2005 yilda OAVlar biznesmen Roman Abramovichning Rossiya prezidentiga dunyodagi eng katta yaxtalardan biri hisoblangan 57 metrlik “Olimpiya” nomli yaxta sovg`a qilgani,  yaxta Putinning shaxsiy mulki hisoblansa-da, davlat hisobidan xizmat ko`rsatilishi haqida yozgan edi. 

Bundan tashqari Vladimir Putinning rasman davlatga tegishli, prezidentlik ishlari bo`yicha xizmat qiladigan yaxtasi, samolyotlari ham bor.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!