Gongkongda noyob moviy brilliant 32 million dollarga sotildi

10:45, 06 aprel

Gongkongdagi auksionda dunyodagi eng yirik va kam uchraydigan moviy tusli brilliant sotildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

10 karatli qimmatbaho toshning bahosi 32 million dollarni tashkil etgan. Shunday qilib brilliant boshlang`ich narxidan bir yarim baravarga qimmatroqqa sotildi. 

Moviy brilliant oq oltindan ishlangan tilla uzukning ko`ziga joylashtirilgan.Uzukning ko`zi  shuningdek, kichikroq hajmdagi yana ikki brilliant bilan bezatilgan.

Ilk marta bu brilliantning taqdimot marosimi 2000 yilda London shahrida o`tkazilgan edi. O`shanda brilliantni o`g`irlab ketishga uringan o`g`rilar qo`lga olingan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!