Amnesty International: 2015 yil dunyoda o`lim jazosini qo`llash bo`yicha rekord yil bo`ldi

11:27, 06 aprel

Amnesty International tashkilotining ma`ruzasida dunyoda o`lim jazosini qo`llash bo`yicha 2015 yil rekord yil bo`lgani ta`kidlangan. Eron, Pokiston va Saudiya Arabistonida  qo`llangan o`lim jazosi dunyo bo`yicha bu hodisaning 89 foizga oshishiga sabab bo`lgan, deb xabar berdi “RIA Novosti” nashri.

Amnesty International xalqaro huquqni muhofaza qilish tashkiloti 2015 yil so`nggi 25 yil mobaynida eng ko`p o`lim jazosi qo`llanib, rekord natijaga erishgan yil bo`lganligini qayd qilgan.

Tashkilotning hisob-kitobiga ko`ra 2015 yilda 1,6 ming kishi qatl etilgan, bu ko`rsatkich o`tgan yili 573 tani tashkil etgan bo`lib, 50 foizga oshgan. Bu hisobotga Xitoy kiritilmagan, chunki o`lim jazosini qo`llash ularda davlat siri deb hisoblanadi.

Amnesty International xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotining bosh kitobi Salil Shettining so`zlariga qaraganda, bunday raqamlar insoniyatni xavotirga soladi: “Xayriyatki, o`lim jazosi qo`llanayotgan mamlakatlar xolis, kichkina mamlakatlar hisoblanadi. Bugunga kelib juda ko`p mamlakatlarda o`lim jazosi bekor qilingan. 2015 yilda yana 4 mamlakat – Fiji, madagaskar, Kongo va Surinam respublikalari vahshiyona jazoni qo`llashni bekor qildi”. Natijada, bugunga kelib dunyoning 102 mamlakatida o`lim jazosi qo`llanmaydi.

2015 yili Pokistonda 320, Eronda 977 (jumladan 4 nafar jinoyatchi 18 yoshga to`lmagan), Saudiya Arabistonida 158 kishi omma oldida qatl etilgan. Bu ko`rsatkich 2014 yilga qaraganda 76 foizga oshgan.

Misr, Chad va Somalida ham 2014 yilga qaraganda 2015 yilda o`lim jazosi ko`p qo`llangan.  

2015 yilda eng ko`p qatllar Xitoy, Eron, Pokiston, Saudiya Arabistoni va AQShda amalga oshirilgan. AQShning 18 ta shtatida o`lim jazosi qo`llash bekor qilinganiga qaramay, 28 kishiga nisbatan o`lim jazosi qo`llangan.

Belorusiya o`lim jazosi qo`llanadigan Evropadagi yagona davlat hisoblanadi. Amnesty International ning bergan ma`lumotiga ko`ra, 2015 yilda Belorusiyada 2 kishiga nisbatan o`lim jazosi qo`llangan.

“Qozog`iston, Rossiya va Tojikiston o`lim jazosini bekor qilish haqida biror qarorga kelmagan”, deyiladi ma`ruzada.

Tashkilotni Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari tashvishga solmoqda. Omon Sultonligi va Isroildan tashqari, bu hududda 2015 yilda 1196 kishi qatl etilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!