O`zbekistonda o`tgan haftada 117 ta yong`in qayd etildi

12:03, 06 aprel

O`tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 117 ta yong`inlar qayd etilgan. Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 4 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan. Ushbu yong`inlarda 356 mln. so`mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 561 mln. so`mga yaqin moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Chimboy tumanida yashovchi fuqaro O.Shuxratovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 33 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi fuqaro V.Lazizovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 45 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida yashovchi fuqaro A.Javlonovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 40 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!