“Bavariya” kichik hisobda “Benfika”ni mag`lubiyatga uchratdi

12:11, 06 aprel

Evropa chempionlar ligasi 1/4 final dastlabki o`yinida “Bavariya” “Alyans Arena”da “Benfika” futbolchilarini qabul qildi.

O`yinning 2 daqiqasida Arturo Vidal tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga myunxenliklar 1:0 hisobida g`olib bo`ldi. Javob o`yini Portugaliyada bo`lib o`tadi. 

Chorak finalning yana bir o`yinida “Barselona” o`z maydonida 10 kishi bo`lib qolgan “Atletiko”ni 2:1 hisobida mag`lub qildi. 

Bavariya – Benfika 1:0 (1:0, 0:0)
Gol:  1:0 – 2 Vidal. 
Bavariya – Noyer, Lam, Kimmix (Martines, 60), Alaba, Bernat, Vidal, Duglas Kosta (Koman, 70), Myuller (Getse, 85), Alkantara, Riberi, Levandovski.
Benfika – Ederson, Andre Almeyda, Lindelef, Jardel, Elizeu, Pissi (Samaris, 90), Feysa, Sanshesh, Gaytan, Mitroglu (Ximenes, 70), Jonas (Salvio, 83).
Ogohlantirishlar:  Riberi (22), Bernat (42), Jonas (58), Lindelef (62).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!