Ulkan alligator Amerikadagi uylardan biri eshigini “taqillatdi”

12:28, 06 aprel

AQShning Florida shtatida mahalliy aholi vakillarining uyi eshigini alligator “taqillatdi”. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, timsohning uzunligi uch metr bo`lgan.

Eshigi oldida timsoh turganini ko`rgan uy egasi zudlik bilan qutqaruv xizmatiga qo`ng`iroq qilgan. 

Uning uyiga darhol Xilsboro okrugi sheriflik boshqarmasi vakili va ovchi etib kelgan. Ular shu zahotiyoq  timsohni tutdi.

Nashrning ma`lum qilishicha, okrugda havo harorati isib ketgani uchun alligatorlar bezovtalana boshlagan.

Bundan oldin 3 metr uzunlikdagi alligator maktab hovlisiga bostirib kirgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!