Farg`ona “Universiada – 2016” finaliga tayyorgarlik ko`rmoqda

12:52, 06 aprel

Joriy yilda Farg`onada talabalarning shijoat, matonat va mahorat ko`rigi – “Universiada – 2016” musobaqalarning final bosqichi bo`lib o`tadi. Ayni kunlarda viloyatda mazkur sport bayramiga qizg`in tayyorgarlik ko`rilmoqda. 

Musobaqalar o`tkaziladigan 29 ob`ekt, jumladan, Farg`ona davlat universiteti, Farg`ona politexnika instituti, Farg`ona olimpiya zaxiralari sport kollejida tayyorgarlik ishlari avjida. Sport zallari zamon talablari asosida ta`mirlanib, jihozlanmoqda. Farg`ona davlat universitetida 3 ming 200 o`rinli futbol maydoni, yopiq suzish havzasi, uchta voleybol maydoni va engil atletika yo`laklari qurilib, foydalanishga topshirildi. 

Farg`ona davlat universiteti va Farg`ona politexnika institutining talabalar turar joyi binolari zamonaviy ta`mirdan chiqarilmoqda. 

Farg`ona, Ma`rifat, Murabbiylar kabi markaziy ko`chalar zamonaviy arxitektura talablari asosida ta`mirlanmoqda, qariyb 5 kilometrlik yo`l rekonstruksiya qilinmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!