Shohruhxon va Asal to`ydan oldingi fotosessiyani o`tkazishdi(Foto)

12:59, 06 aprel

Bugun, 6 aprel kuni yana bir o`zbek shou-biznesi vakili, aktrisa Asal Shodieva ham tug`ilgan kunini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan aktrisaning tanish-bilishlari, do`stlari va muxlislari uni ijtimoiy tarmoqlar orqali tug`ilgan kun bilan tabriklamoqda.  

Xususan, xonanda Shohruhxon o`z sahifasiga Asal bilan tushgan yangi rasmini joylashtirib, uni “Jiddiy kun bilan!” deya izohladi. Ushbu suratga izoh qoldirayotgan boshqa internet foydalanuvchilari avvalambor, Asalni tavallud ayyomi bilan tabriklab, surat xonanda va aktrisaning to`ydan oldingi fotosessiyasiga tegishli ekanligini taxmin qilgan. Shohruhxon bu mavzudagi savollarni hozircha ochiq qoldirmoqda. 

Shu o`rinda Asal Shodieva ham o`zining Instagram`dagi sahifasiga yangi surat joylab, uni “Bizda yangi fotosuratlar” deya izohladi. Bu surat Shohruhxon bilan tushgan surat bilan bir vaqtda ishlanganini payqash qiyin emas. 

 

Ularni suratga olgan Sadikovphotography`ning asosan to`y uchun fotosessiyalar suratga olishini inobatga olsak, internet foydalanuvchilarining xonanda va aktrisa to`ydan oldingi fotosessiyani o`tkazishgani haqidagi taxminlari o`z tasdig`ini topadi. 

 

Ularning munosabatlari qay tarzda rivojlanishini esa vaqt ko`rsatadi.

Fursatdan foydalanib, “Darakchi.uz” jamoasi nomidan Asal Shodievani tug`ilgan kuni bilan tabriklaymiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!