“Islom Davlati” Afg`onistonda kuch to`plamoqda

14:16, 06 aprel

“Islom Davlati” terrorchilik guruhi uchun Afg`oniston harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko`riladigan maydon vazifasini o`taydi”, - dedi Rossiya prezidentining Afg`onistondagi maxsus vakili, Osiyo tashqi ishlar vazirligi ikkinchi departamenti direktori Zamir Qobulov, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

“Islom Davlati” terrorchilik guruhi kun sayin rivojlanib, gullab-yashnamoqda. U hozir kuch to`plash uchungina tin olgan. Hozirda guruh tarkibida ular bilan raqobatchi bo`lgan tolibonlarga nisbatan jangarilar kam qolgan. Ammo ular afg`on va Amerika qo`shinlari uchun kuch sarflash fikridan yiroq, terrorchilik guruhining boshqa maqsadi bor. Afg`oniston ularga harbiy harakatlarga tayyorgarlik uchungina zarur”, – dedi Zamir Qobulov “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida. 

Uning fikricha, “Islom Davlati” terrorchilik guruhining tolibonlarga yon bosish yoki ular bilan jang qilish niyati yo`q.  

So`nggi paytlarda Afg`onistonda vaziyat keskin o`zgargan. Ilgari kichik-kichik qishloqlarni egallagan tolibonlar endi katta shaharlarni egallashga intilmoqda, bundan tashqari mamlakatda “Islom Davlati” terrorchilik guruhining ham ta`siri sezilarli darajada oshgan. 

“Tolibon” va “Islom davlati” guruhi bir-biriga raqobatchi hisoblanadi. OAVlarning yozishicha, “Tolibon” harakati vakillari iyun oyida “Islom davlati” terrorchilik guruhiga xat yozib, Afg`onistonda toliblar ishiga aralashmaslikni so`ragan. Afg`oniston hududida bu ikki guruh o`rtasida qurolli to`qnashuv ham sodir bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!