Marhum milliarderlarning bevalari bugun qanday yashamoqda?

16:58, 06 aprel

Nikoh tantanasida kelin va kuyov ularni to o`lim ajratguncha, birga bo`lishga ont ichishadi. Ammo dunyoning eng boy erkaklari dunyodan o`tib ketsa ham rafiqalari haqida g`amxo`rlik qilishdan to`xtamaydi. Raqamli era asoschisi Stiv Jobsning bevasi merosga qolgan milliardlarni qay tarzda sarflayotgani va boshqa milliarderlarning bevalari qanday kun kechirayotgani bilan “Lenta.ru” nashri qiziqib ko`rdi.

Apple va xayriya ishlari

Apple kompaniyasining asoschisi Stiv Djobs va Stenford universitetining bitiruvchisi Loren Pauellar ilk iPod lar ishlab chiqarilishidan salgina ilgari, 1991 yilda turmush qurishgan. Loren ham Stiv kabi dzen-buddizmga qiziqib, o`zining kuchli fe`l-atvori bilan boshqalardan ajralib turgan. Ular 2011 yilgacha, Stiv saraton kasalligidan vafot etgunga qadar, 20 yil birga yashashgan. Bu nikohdan uch farzand – Erin, Eva ismli qizlar va Rid ismli o`g`il farzand dunyoga kelgan.

2016 yilda Loren Pauell-Jobs, Forbes jurnali bergan ma`lumotga ko`ra, dunyoning eng boy ayollari ro`yxatida oltinchi o`rinni egallagan. 52 yoshli bevaning boyligi 16,7 milliard dollar deb baholangan. Uning ixtiyorida ikkita shaxsiy samolyot (narxi 58,8 million va 10 million dollar), to`rtta dang`illama uy, 138 million dollarlik 80 metrli yaxta va eridan meros qolgan Walt Disney Company va Apple aksiyalari mavjud. U yirik aksioner kompaniyalardan “atigi” 560 million dollar ulush oladi.

Loren Apple asoschisidan qolgan merosi bilan mag`rurlanib, xotirjam yurish o`rniga 2015 yil sentyabr oyida XQ: The Super School Project loyihasi uchun 50 million dollar mablag` ajratdi. Mana bir necha oylardan beri professional tashabbuskorlar guruhi kelajak maktabi loyihasi ustida ish olib bormoqda. Bundan tashqari Jobsning bevasi ijtimoiy vosita sifatida biznesni tatbiq qilish muammolari bilan shug`ullanuvchi Emerson Collective tashkilotiga asos soldi.

Kamtar bo`lishga harakat qildi

Kimdir topgan-tutganini xarid uchun sarflashni yoqtirsa, kimdir yanada ko`proq pul to`plashga harakat qiladi. Forbes jurnalining taxmini bo`yicha dunyoning ikkinchi eng boy ayoli 66 yoshli Kristi Uolton dunyoning mashhur chakana savdosi bilan shug`ullanuvchi Wal-Mart korporasiyasi asoschisining bevasi bo`lishiga qaramay, Vayoming shtatidagi kichkina shaharchada kamtarona hayot kechiradi. U eri vafot etganidan keyin uning boyligini 5 milliard dollarga ko`paytirdi. Hozirda uning boyligi 37 millard dollar deb baholanmoqda.

Ferrero shirinlik kompaniyasi asoschisi Mikele Ferrero 2015 yil 14 fevralda 90 yoshida olamdan o`tdi. Uning rafiqasi Mariya Franko Fissologa 22 milliard meros qolgan bo`lishiga qaramay, uni kompaniya ishlari mutlaqo qiziqtirmaydi. Kompaniyani uning o`g`li Jovanni boshqaradi.

2014 yilda Forbes jurnali Lotin Amerikasidagi eng boy odam deb Androniko Fontobonni tan olgan. Uning vafotidan keyin 73 yoshli rafiqasi Ayris Fontbonga 10 milliard dollar meros qolgan. Ayris erining vafotidan keyin uning tog`-kon sanoati biznesini davom ettirgan. Bundan tashqari u eri asos solgan Quinenco firmasidan ham ulush oladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!