Britaniyalik ayol aktrisa Pamela Andersonga o`xshash uchun 28 ming dollar sarfladi

17:04, 06 aprel

Buyuk Britaniyaning Liverpul shahrida yashovchi ayol amerikalik aktrisa va model Pamela Andersonga o`xshash uchun plastik operasiyalarga 28 ming dollar sarfladi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

31 yoshli Kerolin Anderson o`z kumiriga o`xshash uchun 16 yil ichida ko`kragini to`qqiz marta operasiya qildirdi, bir necha marotaba lablari shaklini o`zgartirdi, tishlarini oqartirdi. Bundan tashqari, u har olti oyda yuzining tepa qismiga botoks muolajasini qildirgan. Kerolin mashhur aktrisanikidek teri rangiga erishish uchun muntazam ravishda solyariyga boradi. Hatto tinimsiz nurlanishlar qizning terisiga zarar etkazib, uning salomatligi xavf ostida qoldi.

Anderson kutilgan natijaga erishish uchun yana bir nechta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishi kerak. Sog`lig`i bilan ayrim muammolarga qaramay Kerolin plastik jarrohlik muolajalarini davom ettirmoqchi. 

“Mening qarorim ko`pchilikni hayron qoldirishi mumkin. Biroq men Pamela Andersonga o`xshash uchun hamma narsaga tayyorman”,—deydi Kerolin.

Qizning o`zi ham model va to`y marosimlarini tashkillashtirish bilan ham shug`ullanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!