L’Equipe: PSJ “Barselona”ga Neymar uchun 193 million evro to`lashga tayyor

17:45, 06 aprel

Fransiyaning PSJ jamoasi “Barselona” hujumchisi Neymar uchun 193 mln evro to`lashga tayyor, deb xabar beradi L’Equipe nashri. 

Moliyaviy “feyr-pley” qoidalariga amal qilish maqsadida PSJ Neymar uchun 193 mln evroni bir necha qismlarga bo`lib to`lamoqchi. Parijliklar Neymarga yiliga 20 million evro maosh taklif qilishni maqsad qilgan. 

Avvalroq, PSJ Zlatan Ibragimovichga o`rinbosar sifatida Neymarni taklif qilishi xabar qilingandi.

Ta`kildash joizki, “Barselona” Neymarni saqlab qolib, uning 2018 yilga qadar mo`ljallangan shartnomasini uzaytirmoqchi. Shuningdek, kataloniyaliklar Neymarning yillik 14,5 mln evro maoshini ikki barobar oshirmoqchi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!