“Real” sensasion tarzda “Volfsburg”ga yutqazdi, PSJ va “Man Siti” durang o`ynadi

09:03, 07 aprel

Evropa chempionlar ligasi chorak final dastlabki uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Mazkur bosqichning kutilmagan natijasini “Real Madrid” qayd qildi. Sababi, madridliklar safarda “Volfsburg” klubiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Shuningdek, ushbu bosqichda PSJ va “Manchester Siti” jamoalari to`qnash keldi. Arab shayxlariga tegishli bu jamoalar 2:2 hisobidagi durang natijani qayd qildi. 

Javob uchrashuvlari 12 aprel kuni bo`lib o`tadi.

EChL, 1/4 final. Dastlabki uchrashuvlar 

PSJ – Manchester Siti 2:2 (1:1, 1:1)

Gollar: 0:1 – 38 de Bryuyne, 1:1 – 41 Ibrohimovich, 2:1 – 59 Rabo, 2:2 – 72 Fernandino.
PSJ – Trapp, Ore (van der Vil, 78), Tiago Silva, David Luiz, Maksvell, Rabo (Lukas, 78), Motta, Matyuidi, Di Mariya, Ibrohimovich, Kavani.
Manchester Siti – Xart, Sanya, Otamendi, Mangalya, Klishi, Fernando, Fernandino, Navas, de Bryuyne (Delf, 77), Silva (Boni, 88), Aguero (Kolarov, 90).
Ogohlantirishlar: David Luiz (1), Klishi (11), Fernando (35), Matyuidi (48), Mangalya (83), Navas (85).

Volfsburg – Real Madrid 2:0 (2:0, 0:0)

Gollar: 1:0 – 18, penalti Rodriges, 2:0 – 25 Arnold.
Volfsburg – Benalo, Vieyrinya, Naldo, Dante, Rodriges, Gilavogi, Luis Gustavo, Bruno Enrike (Tresh, 80), Arnold, Draksler (Shefer, 90), Shyurrle (Kruze, 85).
Real Madrid – Navas, Danilo, Pepe, Ramos, Marselo, Modrich (Isko, 64), Kazemiro, Kroos (Xames, 85), Beyl, Benzema (Xese, 41), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Vieyrinya (19), Benalo (50), Luis Gustavo (61), Beyl (69), Arnold (69).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!