Farzandiga Adolf Gitler deya ism qo`ygan AQShlik fuqarolar ota-onalik huquqidan mahrum qilindi

10:54, 07 aprel

AQShning  Nyu-Jersi shtatida yashovchi fuqaro Isidor Xelf Kempbell va uning rafiqasi Joys Lin farzandlariga Adolf Gitler va Ariyskaya Rasa deya ism qo`ygani uchun  ota-onalik huquqidan mahrum qilindi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda

Bu juftlik o`zlari haqida xujjatli film ham suratga olishdi va unda o`z huquqlarini cheklayotganlaridan shikoyat qilishdi. 2008 yilda ular farzandlari uchun tort buyurtma qilib, ustiga “Tug`ilgan kuning bilan, Gitler!” deb yozdirishganidayoq juftlikka nisbatan e`tirozlar tug`ilgan edi. Tortni pishirgan qandolatchilar ham bolalar huquqini himoya qilish xizmatiga xabar bergan. 

Ijtimoiy xizmat vakillari ota-onaning farzandlariga nisbatan noo`rin xatti-harakatlar qilayotganini ko`rmagan, biroq shunday bo`lsa ham ular Adolf Gitler va Ariyskaya Rasani olib ketishgan. 

Keyinroq amerikalik fuqarolarni ota-onalik huquqidan mahrum qilishdi.

Bolalarning otasining ma`lum qilishicha, u farzandlarini tahqirlashni istamagan. Amerikalik fuqarolar o`z qarashlarini tushuntirib berish maqsadida o`zlari haqida "Meet The Hitlers"(Gitlerlar bilan tanishing) deb nomlangan hujjatli film suratga olib, uni internetga joylashtirishgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!