Internetda kuyovnavkarni qizdirgan kuyovjo`raning videosi tarqaldi (Video)

11:33, 07 aprel

Milliy an`analarimizga ko`ra o`zbek to`ylarida kuyovnavkar degan ajoyib marosim bor. Unda bir guruh yigitlar kelinning uyiga uni olib ketgani karnay-surnay sadolari ostida milliy raqslarni ijro etgan holda borishadi. 

Kuni kecha internetda ana shunday kuyovnavkarda karnay-surnay navolariga zamonaviy tarzda raqs tushgan kuyovjo`ralardan birining raqsi videosi tarqaldi. Yigitning hech narsaga qaramay o`ziga xos tarzda tushayotgan raqsi aks etgan video inson kayfiyatiga ko`tarinki ruh bag`ishlashi tayin.

Xullas o`zingiz ko`rib baho bering!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!