“t.A.T.u.” guruhining sobiq yakkaxoni Yuliya Volkova saratonni qanday engganini so`zlab berdi

11:40, 07 aprel

Rossiyalik xonanda, “t.A.T.u.” guruhining sobiq yakkaxoni Yuliya Volkova qo`rqinchli kasallikni qanday enggani haqida so`zlab berdi. Bu haqda “NTV” xabar bermoqda

Xonandaning aytishicha, 2012 yilda shifokorlar unga mudhish tashxisni qo`yishgan. Yuliya qalqonsimon bez saratoniga chalingan edi. U uzoq muddat bu haqda hech kimga aytmadi. Kasalligini faqat uning yaqinlari bilishardi.

“UTT tekshiruvidan so`ng, kasalligim aniq bo`ldi. Birozdan so`ng jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdim. Shifokorlarning aybi bilan ovozimdan ayrildim. Ular qalqonsimon bezni operasiya qilayotganda ovoz chiqarib beruvchi asab tolalarimga ham shikast etkazgan. Operasiyadan keyin men ko`zimni ochishim va gapirishim kerak edi. Lekin unday bo`lmadi. Hatto yig`lolmadim. Bunga ko`nikdim”,—deydi Yuliya.

Xonandaning aytishicha, bunday og`ir dardlar faqat irodasi kuchli insonlargagina beriladi.

“Hech qachon nima uchun va nima sababdan deb o`ylanib, siqilmayman. Bu hodisa mening hayotimda sodir bo`libdimi, demak shunday bo`lishi kerak ekan”, – deydi u.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!