Xonanda ilon chaqqandan keyin ham sahnada 45 daqiqa kuyladi (Video)

12:35, 07 aprel

Indoneziyalik mashhur, kobra ilonlari bilan shou uyushtiruvchi xonanda Irma Byul sahnada ilon chaqqaniga qaramay, qo`shiq aytishdan to`xtamadi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Kobra konsert paytida sahnada kuylayotgan 29 yoshli xonandani chaqib olgan, ammo shunga qaramay Irma Byul 45 daqiqa davomida to talvasaga tushib, qayt qila boshlaguncha qo`shiq aytishdan to`xtamagan. Muxlislar bu vaziyatni videoga muhrlashgan.

The Daily Mail nashrining ma`lumot berishicha, voqea G`arbiy Yava viloyatining Karavang aholi punktida sodir bo`lgan. Irma Byul sahnada tasodifan kobraning dumini bosib olgandan keyin ilon uning oyog`idan chaqqan. Xonanda kasalxonaga etmay, yo`lda vafot etgan. Bunday kobralarning uzunligi 5,5 metr, og`irligi esa 9 kilogrammni tashkil etadi. Ular Osiyoning janubi-sharqida yashaydi. Bu ilonning ozgina zahri butun boshli filni o`ldiradi. 

Polisiya Irma Byulning o`limi bo`yicha tergov ishlarini olib bormoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!