TIKA «Sog`lom avlod uchun» fondiga 10 ta “Mercedes Benz” tibbiyot mashinasini topshirdi

14:28, 07 aprel

TIKA «Sog`lom avlod uchun» fondiga “Mercedes Benz” rusumidagi 10 ta tibbiyot mashinasini topshirdi.

Turkiya Respublikasi Bosh Vazir Devoni huzuridagi  Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) rahbari, doktor Serdar Cham mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida  “Mobil Klinika” transport vositalari loyihasining davomi sifatida amalga oshirilgan, tibbiy anjom va uskunalar bilan jihozlangan 10 dona Mobil klinik transport vositalarini “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining ijtimoiy-patronaj brigadalariga topshirish marosimi bo`lib o`tadi. 

8 aprel kuni Dr. Serdar Cham va TIKAning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Prof. Dr. Suleyman Kiziltoprak hamda O`zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi vakillaridan iborat delegasiya Buxoro shahriga tashrif buyurishadi. Tashrif davomida TIKAning O`zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan ta`mirlash va jihozlash ishlari olib borilgan Buxoro shahridagi 32-sonli Mehribonlik uyida bo`lishadi.  

Ma`lumki, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish Agentligi - TIKA, Turkiya Respublikasi Bosh Vazir devoni huzuridagi texnikaviy yordam ko`rsatish tashkiloti bo`lib, 1992 yilda tashkil topgan.  Hozirda TIKA tashkilotining Evropa, Osiyo va Afrika qit`alarining 140ga yaqin mamlakatda, 50dan ortiq vakolatxonalari faoliyat ko`rsatmoqda. 

TIKAning O`zbekistondagi vakolatxonasi, O`zbekiston va Turkiya hukumatlari o`rtasida imzolangan “Xamkorlik shartnomasi” doirasida 1994 yilning 20 may kuni ochilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!