Joan Roulingning stuli auksionda $400 ming dollarga sotildi

15:28, 07 aprel

AQShning Nyu-York shahrida o`tkazilgan auksionda yozuvchi Joan Roulingning stuli 400 ming dollarga sotildi. Stulni sotib olganning ismi-sharifi sir tutilmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Joan Rouling aynan shu stulda o`tirib, Garri Potter haqidagi ilk ikki kitobini yozgan. Yozuvchi ushbu stulni Edinburg shahrida yashagan davrida boshqa uch stul kabi tekinga olgan.

Roulingning o`zi bu stulni “Potter stuli” deb bahosini oshirgan. Yozuvchining so`zlariga ko`ra, stuldan ajralish unga og`ir bo`lgan.
2002 yilda Rouling stulni xayriya auksioniga topshirgan va u 2009 yilda 29,1 ming dollarga sotilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!