Bryusselda terakt sodir etgan terrorchi Evroparlament binosida farrosh bo`lib ishlagan

15:30, 07 aprel

Bryussel aeroportida o`zini portlatib yuborgan hudkush-terrorchi Najim Laashrau Evroparlament binosida farrosh bo`lib ishlagan. 

“Blumberg” agentligining ma`lumot berishicha, u bundan olti yil ilgari klining kompaniyasi bilan davlat idoralarida xizmat ko`rsatish yuzasidan shartnoma tuzgan, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Najim Laashrau o`zini Bryussel aeroportida portlatib yuborishdan oldin ikki oy 2009 va 2010 yilning yozida, ta`til davrida Evroparlament binosida farrosh bo`lib ishlagan. Klining kompaniyasining ma`lumot berishicha, u ilgari jinoiy jazoga tortilmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!