UZ domenida yangi sayt ishga tushdi

15:41, 07 aprel

Qarshida buyuk Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatini dunyoga keng targ`ib etish hamda tavalludining 680 yilligiga bag`ishlab yaratilgan www.sohibqiron.uz saytining taqdimoti bo`lib o`tdi. 

Sayt texnik jihatdan juda qulay bo`lib, foydalanuvchilar uchun sodda va oson qilib ishlangan. Saytga planshet va android tizimida ishlovchi mobil aloqa vositalari orqali ham kirish mumkin. 14 bo`limdan iborat mazkur sayt sodda interfeys shaklida ishlab chiqildi. Undan Amir Temurning hayoti va faoliyati, avlodlari, moddiy va ma`naviy merosi bilan bog`liq yangiliklar, tarixiy obidalar xaritasi, ma`naviyat, ilm-fan taraqqiyoti yo`lida qilgan xizmatlari va davlat boshqaruvi to`g`risidagi “Temur tuzuklari” asaridan olingan manbalar, ma`lumotlar, temurshunos va tarixchi olimlarning ilmiy manbalari aks ettirilgan videolavhalar joy olgan.  Foydalanuvchilar sayt orqali Amir Temur faoliyati va hayoti haqidagi elektron resurslarni ko`chirib olish imkoniyatiga ham ega. Barcha manbalar o`zbek, ingliz va rus tillarida qo`yilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!