Sevgi yosh tanlamaydi: O`zidan ancha kichik yoshdagi erkaklarga ko`ngil qo`ygan mashhur ayollar

16:52, 07 aprel

Dunyoda o`zlaridan ancha kichik erkaklar bilan baxtli turmush kechirayotgan taniqli ayollar talaygina. Ularga qarab, sevgi yosh tanlamaydi degan fikr to`g`ri ekanligiga amin bo`lasiz.
 

Madonna va Abubakaru Sumaxoro
Ular orasidagi tafovut 32 yosh.

Taniqli xonanda Madonna o`zidan kichkina erkaklar bilan munosabat bog`lashni ma`qul ko`radi. So`nggi yillarda u bir nechta yosh yigitlar bilan yaqin munosabatda bo`ldi. Raqqos Braxim Zaibat, xoreograf Timor Steffensdan so`ng uning hayotida 25 yoshli model Abubakaru Sumaxoro paydo bo`ldi. Ular o`rtasidagi muhabbat o`tgan yilning kuzlarida boshlandi. Biroq xonandaning ma`murlari bu haqda ma`lumot berishdan bosh tortgan. Abubakir asli Kot-D'Ivuarlik bo`lib, Bruklin taxallusida faoliyat yuritadi.

Kris Jenner va Kori Gembl
Ular orasidagi tafovut 25 yosh

Kardashyan-yulduzli oilasi vakili 60 yoshli Kris Jennerning sevgilisi Kori Gembl undan 25 yosh kichkina. Ularning muhabbati Kris turmush o`rtog`i Bryus Jenner bilan ajrashganidan so`ng bir yarim yil o`tib alangaladi.
Gembl, xonanda Jastin Biberning menejeri bo`lib ishlaydi. Ularning muhabbati aksariyat gazeta, jurnallar muxbirlarining tanqidlariga sabab bo`lgan, yigitning Krisga bo`lgan tuyg`ulari haqiqiyligiga ishonishmagan edi. Biroq ular ikki yillik baxtli hayotlari bilan bir-biriga bo`lgan tuyg`ulari samimiy ekanligini isbotlashdi.
 

Jennifer Lopes va Kasper Smart
Ular orasidagi tafovut 18 yosh 

44 yoshli Jey Lo va uning 26 yoshli “boyfrend”i Kasper Smartlar o`zlari haqidagi turli mish-mishlar, g`iybatlarga qaramay hamon birga. Kelayotgan iyul oyida ularning bir-biriga muhabbat bog`laganlariga uch yil to`ladi. Ular Jey Lo o`zining navbatdagi turmush o`rtog`i Mark Entoni bilan ajrashganidan so`ng uchrasha boshlagan. 2011 yilda Smart Lopesning ijodiy jamoasida oddiy raqqos sifatida ish boshlagan. Hozirda esa Kasper xonandaning nufuzli loyihalaridan biriga boshchilik qilmoqda. Ular deyarli hamma vaqt birga. Jey Loning farzandlari Kasper bilan do`stlashib olishgan. Smart Jenniferga qimmatbaho uzuk sovg`a qilgan. Uning o`zi esa to`rtinchi marta ham turmushga chiqish niyati borligini bildirgan. 
Manba: elle.ru

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!