“Quvnoqlar va zukkolar” ko`rik-tanlovining yangi mavsumiga start berildi

10:50, 08 aprel

“Istiqlol” san`at saroyida mamlakatimiz oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida o`tkaziladigan “Quvnoqlar va zukkolar” ko`rik-tanlovining yangi mavsumi ochildi. 

Tanlov O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, vazirlik huzuridagi “Ma`naviyat va ma`rifat” markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida tashkil etilgan. 

Festivalda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetining “Shovvozlar”, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Duv-duv gap”, O`zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Bolalar”, Toshkent moliya institutining “Moliyachi”, Toshkent davlat agrar universitetining “Yangi yulduzlar”, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining “Ilhom”, Nukus davlat pedagogika institutining “Turon”, Andijon qishloq xo`jaligi institutining “Og`alar”, Guliston davlat universitetining “Bojalar”, Jizzax davlat pedagogika institutining “Jizzaxlik jiyanlar” jamoalari ishtirok etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!