Bolalar temiryo`l o`yinchog`i bilan bog`liq jumboq internet foydalanuvchilarini hayratga soldi(Video)

11:04, 08 aprel

Amerikalik Mark Blenk-Settl o`zining Twitter tarmog`idagi sahifasiga kichik videorolikni joylashtirdi, deb yozadi “Lenta.ru”.

Mazkur videoda bolalar temiryo`l o`yinchog`i bilan bog`liq jumboq aks etgan. Gap shundaki, ikkita bir qarashda bir  xil o`lchamdagi temiryo`l izlari ustma-ust qo`yilganda ularning o`lchami aynan bir xil. Biroq keyinroq ulardan birini olib, ikkinchisining yoniga qo`yilganda temiryo`l izlarining birinchisi ikkinchisiga qaraganda uzunroq ekanligini ko`rish mumkin. Mazkur jumboq esa internet foydalanuvchilarini hayratga soldi. Aksariyat foydalaunvchilar uni tushuntirishga harakat qildi. Post qisqa vaqt ichida 1000 dan ortiq foydalanuvchilar tomonidan bo`lishildi.

 Jozef o`g`lining o`yinchoqlarini yig`ishtirayotganda mazkur holatga guvoh bo`lgan va uni o`zining ijtimoiy tarmoqdagi do`stlari bilan bo`lishishga qaror qilgan. Ma`lum bo`lishicha, mazkur ko`z boylamachilik psixolog Jozef Jastrou nomi bilan bog`liq. U mazkur hodisani 1982 yilda aniqlagan. Effekt tepada turgan figuraning pastki qismi qisqaligi va pastda turgan figuraning ustki qismi uzunligi bilan tushuntiriladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!