Ulug`bek Rahmatullaev yulduzlik kasali bilan qanday kurashishini aytdi

12:08, 08 aprel

Xonanda Ulug`bek Rahmatullaev  o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga jamoat transporti, xususan metroda tushgan suratlarini tez-tez joylashtiradi. 

“7x7” gazetasi xonandaning jamoat transportidan qanchalik muntazam ravishda foydalanishi bilan qiziqdi.

“Imkon tug`ilganda, albatta metroga tushaman. O`g`lim Fayzulloh menga hamroh bo`lyapti. Ochig`i metroda yurishni juda yaxshi ko`raman. Mashinam bo`lmagan paytlarda o`qish, turli yumushlarga faqat metroda qatnardim”,—deydi xonanda. 

Gazeta muxbirining “Nega metroda yurganingizda ko`zoynak va yuzni to`sib turuvchi kepka kiymaysiz?” degan savoliga xonanda: 

“Kimdan yashirinaman? O`z muxlislarim va hamyurtlarimdanmi? Buning nima keragi bor? San`atkor hamma qatori inson. Yulduzlik kasalidan himoyalanish uchun ham xalq orasida oddiy inson bo`lib yuraman”,—deya javob berdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!