O`zbekistonda 9 aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14:08, 08 aprel

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 9 aprel kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-10, kunduzi 13-15 daraja issiq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi,  yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8,  kunduzi 13-18 daraja issiq bo`ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja issiq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja issiq bo`ladi.   

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja issiq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. G`arbdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!