Shirin Mamatova: “Otamning qaroridan yig`laganman”

14:43, 08 aprel

Xonanda Shirin Mamatova Yodgor Mirzajonov bilan birga milliy estrada yo`nalishida kuylagan “Qaylarga boray?” taronasidan so`ng xalq nazariga tushdi. 

“Tasvir” gazetasi xonanda bilan suhbat uyushtirdi. Shirin ijodga kirib kelishi haqida savollarga javob berdi.

“2010-yilda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi bo`ldim. Shu paytga qadar faqat faqat estrada yo`nalishi bilan shug`ullanganman. O`n yildan ortiq vaqt davomida estradani mukammal o`rgandim, desam mubolag`a bo`lmaydi. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi bo`lgach, O`zbekiston davlat konservatoriyasiga davlat granti asosida o`qishga qabul qilishdi. Xohlagan yo`nalishingda o`qishing mumkin, deyishdi. Dadam ‘Estradada emas,operada o`qiysan’, dedilar. Men ‘Operada o`qimayman, meni estrada qiziqtiradi’, deb rosa yig`laganman. Dadam aytganlarida turib oldilar. Keyinchalik o`zim ham qiziqib ketdim. Til o`rganishga ham qiziqish uyg`ondi. Chunki opera ingliz, italyan, fransuz tillarida aytiladi. Konservatoriyada mahoartli ustozlar dars berishadi. Ustozlarimizdan san`at ilmini, aktyorlik mahoratini qunt bilan o`rganyapman”,—deydi Shirin Mamatova.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!