Xalqaro aviasiya qo`mitasi Rostovda Boeing samolyotining halokatga uchrash sababini aniqlashda davom etmoqda

14:48, 08 aprel

Ekspertlar havo laynerining erga soatiga 600 kilometr tezlikda qulaganini, ekipaj tomonidan samolyotni qo`ndirish uchun qo`l tartibidan foydalanganini aniqladi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Boeing 737 havo laynerining Rostovga qo`nadigan kuni aerodromda metereologik uskunalar ob-havoga mos ravishda, o`z o`rnida bo`lgan, deyiladi Xalqaro aviasiya qo`mitasi saytida e`lon qilingan bayonotida.

Reysning metereologik xavfsizligini ta`minlovchi guruh xodimlari me`yoriy hujjat talablari bo`yicha ish olib borishgan. Xalqaro aviasiya qo`mitasi mutaxassislari halokatga uchragan samolyot uchuvchilarining malakasini ham tekshirib ko`rishdi va ekipaj a`zolari kerakli tayyorgarlikdan o`tgan degan xulosaga kelgan. 

Halokat sabablarini aniqlash davom etmoqda. Keyinchalik surushtiruvga AQSh, Ispaniya va Birlashgan Arab amirliklaridan ham mutaxassislar jalb etish ko`zda tutilgan. Ular ekipaj a`zolarining suhbatini eng mayda tafsilotlarigacha o`rganishadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!