Air India uchuvchisi sevimli hamkasbisiz samolyotni boshqarishdan bosh tortdi

14:53, 08 aprel

Hindistonda Air India aviakompaniyasi uchuvchisi o`zining yaqin hamkasbisiz parvozni amalga oshirishdan bosh tortdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Samolyot uchuvchisi o`zi istagan sherigi bilangina parvozni amalga oshirish haqidagi talabi tufayli reys ikki soatcha ushlanib qoldi. Chennaydan Malaga uchishi kerak bo`lgan samolyot bortida 110 kishi bo`lgan. Injiq uchuvchining ismi-sharifi oshkor etilmayapti. Biroq u oxir-oqibat sevimli hamkasbi bilan birgalikda parvozni amalga oshirishga muvaffaq bo`ldi. Avval uchuvchiga u birga uchishni istagan xodim boshqa reysga tayinlanganini aytishdi. Biroq uchuvchi agar uning talabini bajarishmasa, sog`ligi yomonlashganini ma`lum qilishi va uyiga ketishi bilan tahdid qildi. Hatto ma`lum muddatdan so`ng kasalligi haqida raportni ham taqdim etdi. 

Air India aviakompaniyasi esa vaziyatni izohlashni istamagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!