Hindistonda Maykl Jekson hotirasiga uch metrlik haykal qad rostladi

15:27, 08 aprel

Hindistonning Chennai shahrida amerikalik qo`shiqchi Maykl Jeksonning uch metrlik yodgorlik-haykali ochildi. Bu haykalni Maykl Jeksonning ashaddiy muxlisi bo`lmish, hindistonlik Chandrasekaram ismli odam olti nafar haykaltaroshga buyurtma berib, qora granit toshdan yasatgan.

Chandrasekaramning ma`lumot berishicha, u Maykl Jeksonning haykalini AQShga uning oilasiga Neverland ranchosi hududiga o`rnatish uchun berib yuborishni niyat qilgan, ammo bu orzusini ro`yobga chiqara olmagan. Jeksonning oila a`zolari uning taklifiga javob bermagan.

Haykalning ochilish marosimida Hindistonda Maykl Jekson uslubida raqsga tushuvchi mashhur aktyor va raqqos Prabxu Deva ham ishtirok etdi. Haykalning og`irligi 3,5 tonnani tashkil etadi. Haykaltaroshlar haykalni yasashdan oldin Maykl Jeksonning Beat It klipini va yuzlab fotosuratlarini o`rganib chiqishgan.

Biz ilgari britaniyalik Sonya Todd ismli ayolning amerikalik qo`shiqchi Maykl Jekson qiyofasidagi katta tortni pishirgani haqida ham xabar bergan edik.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!