Xonanda Lola TNT telekanalining Comedy Club loyihasida mehmon bo`ldi

15:33, 08 aprel

Xonanda Lola Yo`ldosheva o`zining Instagram`dagi sahifasi orqali ayni damda Moskvada ekanligini bildirib,surat joyladi. 

Uning aytishicha, xonanda TNT telekanalining Comedy Club loyihasini suratga olish jarayonlarida ishtirok etgan.

“2 soatlik samimiy kulguga tayyormiz” deb nomladi xonanda bu suratni. 

Muxlislar ko`rsatuvning suratga olinish jarayoni taassurotlari haqida savollar berishdi. Ularga xonanda: 

“Meni bu safar mehmon sifatida e`lon qilishmaydi.  Suratga olish jarayoni 2 soat davom etadi. Shundan so`ng ko`rsatuvning bir necha soni uchun lavhalar tayyorlanadi. Volya(Dastur boshlovchisi Pavel Volya) yoqimtoy. Menga juda yoqdi. Suratga olish jarayoni atmosferasi ajoyib. Maza qildim”, – deya javob berdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!