Eng foydali nonushta: bir oyda 5 kiloga ozamiz!

16:17, 08 aprel

Har kuni ushbu foydali nonushtani iste`mol qilsangiz, organizmingiz, ichaklaringiz shlak va toksinlardan tozalanib, hazm qilish jarayoni yaxshilanadi, sog`ligingiz tiklanadi, yuz teringiz tiniqlashadi. Bu nonushta nafaqat sog`ligingizni tiklaydi, balki tanangizdagi ortiqcha yog`larni eritadi va oyiga 3-5 kilogramm ozishingizga yordam beradi.

Kerakli masalliqlar:
2 osh qoshiq suli yormasi
300 ml yog`siz yogurt
3 dona olxo`ri qoqisi
1/3 choy qoshiq kakao kukuni
1 choy qoshiq mayda ezilgan zig`ir urug`i

Tayyorlash usuli

Diqqat! Bu ovqatni ertalab emas, kechqurun tayyorlab qo`yish lozim! Olxo`ri qoqisi ustiga 100 ml qaynoq suv quyib, 10 daqiqa ustiga qopqoq yopib qo`ying. Suli yormasi ustiga maydalangan zig`ir urug`i, yog`siz yogurtni soling. Olxo`ri qoqisi ivitilib, sovib bo`lgandan keyin uni ham mayda qilib to`g`rang va boshqa masalliqlarga aralashtiring. Hamma masalliqlar yaxshilab aralashtirilib bo`lgandan keyin qopqoqli idishga solib, muzlatkichga qo`ying.

Ertalab nonushtani iste`mol qilishdan o`n daqiqa oldin muzlatkichdan oling. Bu noodatiy nonushtani ilk marotaba iste`mol qilayotganingizda biroz yoqmasligi mumkin, ammo oradan bir hafta o`tib, uning natijasini ko`rgandan keyin ishtahangiz ochilib ketadi!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!