Erkaklar qaysi kasbda faoliyat yurituvchi ayollarni yoqtirishi ma`lum bo`ldi

19:58, 08 aprel

Psixologlar kuchli jins vakillarining asosan qaysi kasbda faoliyat yurituvchi ayollarni yoqtirishini aniqladi. Bu haqda “Moya planeta” nashri xabar bermoqda.

Mutaxasislarning ta`kidlashicha, erkaklar aksariyat hollarda styuardessalarga ko`ngil qo`yishadi.

“Samolyot bortida biror kor-hol sodir bo`lgudek bo`lsa, yo`lovchilar ularga g`amxo`rlik qiluvchi styuardessalarga hammadan ham ko`proq ishonar ekan. Ularning qo`llab-quvvatlashi erkaklarga manzur bo`ladi. Kuchsizlik va ma`lum vaziyatda ojizlik hissi bilan uyg`unlashgan ayollar g`amxo`rligi erkaklarda sevgi va qaramlik hissini shakllantiradi”,—deyiladi xabarda.

Psixologlarning fikriga ko`ra, erkaklar aynan mana shu sababdan shifokorlar va ofisiantlarga ham ko`ngil qo`yadi. Bemorning hayoti shifokorning qo`lida. Taom tarkibini aniq biluvchi ofisiantlar ham ulardan kam vazifani bajarmaydi.

Ayniqsa rahbarlik lavozimida ishlovchi erkaklar styuardessalarga ko`proq ko`ngil qo`yadi. Chunki ular odatda buyruq berishga va hukmronlik qilishga o`rgangan. Biroq samolyotda ular ustidan hukmronlikni styuardessalar o`z qo`liga oladi. Bu esa rahbarlarga o`zgacha his-tuyg`ular ato etadi.

Mazkur xulosalarga kelish uchun psixologlar ko`plab erkaklar o`rtasida so`rov o`tkazgan. Erkaklarning fikricha, styuardessalarning klassik uslubda kiyinishi va baland poshnali tufli kiyishi hamda deyarli hamma vaqt qizil rangdagi lab bo`yog`idan foydalanishi ularning e`tiborini tortadigan jihatlardir. Mashhurlar orasida styuardessalar bilan hayotini bog`lagan erkaklar talaygina. Allen Kelsi Gremmer va Klint Istvud shular jumlasidan.

 

 

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!