AQShlik xonanda Merayya Keri oyoqlari va ovozini 70 million dollarga sug`urta qildirdi

20:34, 08 aprel

AQShlik xonanda Merayya Keri hayotini 70 million dollarga sug`urta qildirdi. U ovozini sug`urta qilish uchun 35 million dollar, oyoqlarini sug`urta qilish uchun ham xuddi shuncha pul to`lagan. Bu haqda “Lenta.ru”  xabar bermoqda.

Merayya butun dunyo bo`ylab The Sweet Sweet Fantasy deb nomlangan gastrol safariga jo`nab ketdi. Konsert dasturi 15 mart kuni Glazgo shahridan boshlangan. Gastrol safari 2 iyul kuni Yangi Orlean shtatida o`z yakuniga etadi. Safar mobaynida Keri Afrikada ham to`rt marotaba konsert beradi. Hayotda turli vaziyatlar bo`lishini inobatga olgan xonanda o`z hayotini sug`urta qilishga qaror qildi.

Ma`lumot uchun, Merayyaning boshqa hamkasblari ham sug`urtaga alohida e`tibor beradi. Masalan, Riannaning oyoqlari 1 million dollarga, model Xaydi Klumning oyoqlari esa 2 million dollarga sug`urtalangan.

 

 

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!