Olimlar baxtni pulga sotib olish usulini topdi

11:50, 09 aprel

“Baxtni pulga sotib olib bo`lmaydi”, deyishadi. Biroq bir guruh olimlar bu fikrning noto`g`ri ekanligini aniqladi, deb xabar beradi “Lenta.ru”. 

Britaniyalik olimlarning fikricha, inson o`z ruhiyatiga mos keluvchi buyumlarni sotib olsa, u baxtni his etadi.

Tadqiqotchilar olti oy mobaynida 76 mingta xarid va xarajatlarni hamda 625 kishini tadqiq qildi. Ular xaridlarni insonning qaysidir jihati bilan umumlashtirishga harakat qildi.

So`ng tajriba ishtirokchilari shaxsiy hayotidan mamnunligi yuzasidan ma`lum testdan o`tkazildi. Olimlar ularning xaridlarini test natijalari bilan solishtirdi. Ma`lum bo`lishicha, insonlar pul ishlatishi va baxtni his etishi darajasi bir-biriga mos tushadi. Bir guruh insonlar kafe va barlarda ovqatlanish uchun ko`proq pul sarflaydi, yana bir guruhi esa yangi kiyim, uy uchun jihoz, yangi avtomobil sotib olganida o`zini dunyodagi eng baxtli inson deb hisoblagan. 

Bundan kelib chiqib, olimlar baxtni sotib olish mumkin, degan xulosaga keldi. Bundan tashqari, pul qancha ko`p bo`lsa, baxt darajasi ham shuncha yuqori bo`ladi. Pul ishlatganda baxtni his etish uchun esa inson o`ziga nima kerakligini aniqlab olishi kerak.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!