Toshkentda smartfon o`g`rilari qo`lga olindi

12:13, 09 aprel

Toshkent shahar Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasiga Qoratosh mahallasida yashovchi 36 yoshli fuqaro murojaat qilib, uch noma`lum shaxs uni qo`rqitib, "Samsung" rusumli qo`l telefonini tortib olib voqea joyidan yashiringanligini ma`lum qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu talonchilik jinoyatini shu tumanda yashovchilar 20 yoshli va ikki nafar 19 yoshli fuqarolar sodir etganligi fosh etilib, qo`lga olindi.
Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!