Joli va Pittning ajrashishi sabablariga oid yangi tafsilotlar paydo bo`ldi

12:35, 09 aprel

G`arb OAVlari Anjelina Joli va Bred Pittning ajrashish haqidagi qarorini keng muhokama qilmoqda, deb yozadi “Vesti”.

Shu kunlarda ular Jolining anoreksiya tufayli shifoxonaga tushib qolgani,uning ahvoli o`ta og`irligi va shu paytda Pitt rafiqasi bilan ajrashishga tayyorgarlik ko`rayotgani haqida maqola chop etdi.

Aktyorning fransuz aktrisasi Marion Kotiyyar bilan ishqiy munosabatda ekanligi haqida ham mish-mishlar tarqaldi. Ularning munosabatlari aktyorning Joli bilan nikohiga putur etkazgani aytilmoqda. Bred ayni paytda Kotiyyar bilan “Jimjitlikning 5 soniyasi” deb nomlangan filmda suratga tushmoqda. Bu esa yuqoridagi imsh-mishlarning bolalashiga asos bo`ldi.

Jolining "Kung-fu Panda 3" multfilmi premerasiga yolg`iz tashrif buyurishi gap-so`zlarni ko`paytirdi. Aktrisa juda ozg`in va horg`in ko`rinishda edi.

52 yoshli aktyor Bred Pitni, shuningdek britaniyalik fotomodel Kara Delevin bilan ham ishqiy munosabatda ekanligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Aytishlaricha, aktyor Karaning kino olamiga kirib kelishi uchun qo`lidan kelganicha yordam berayotgan ekan. Delevinning o`zi ham kinoda suratga tushish uchun modellik faoliyatini yakunlashi mumkinligini ta`kidlamoqda. Mazkur ma`lumotlar aksariyat g`arb OAVlarida paydo bo`ldi. Ularning munosabatlari haqida bir muncha jiddiy nashrlar ham maqolalar chop etmoqda. Masalan, National Enquirer nashrining ma`lum qilishicha, Joli erini xonanda Melissa Eterij bilan birga xiyonat qilganlikda ayblamoqda. Joli Melissaning farzandi Pittdan ekanligini ta`kidlab, eridan DNK tekshiruvi o`tkazilishini talab qilmoqda. Pitt esa rafiqasining bunday xurmacha qiliqlari va ayblovlaridan charchagani uchun ham ajrashishga qaror qilganini ta`kidlamoqda.

 

 

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!