Sergey Lazarev Sankt-Peterburgdagi konsert paytida hushidan ketib qoldi(Video)

13:20, 09 aprel

Rossiyalik xonanda Sergey Lazarev Sankt-Peterburg shahrida konsert berayotgan paytida hushidan ketib qoldi. Bu haqda “NTV” xabar bermoqda.

Hodisa Sergey sahnada minnatdorchilik nutqini so`zlayotgan paytda yuz berdi.  

“Men sizlar bilan ushbu uchrashuvni uzoq kutgandim. Siz bugun men bilan ekanligingizdan xursandman”,—dedi xonanda.

Shu so`zlardan so`ng u birdan yiqilib tushdi. Tomoshabinlar esa uning yiqilishini sahna ko`rinishining bir qismi deb o`ylab, xonandani olqishlashda davom etdi. Birozdan so`ng konsert zali xodimlari yugurib kelib, Sergeyni qo`lidan tutib, uni sahna ortiga olib  o`tgan.

Xonandaning o`zi hushdan ketib qolishini shunday izohladi:

—Sahnada birdan tobim qochdi. Hozir yaxshiman. So`nggi paytda Evrovidenie uchun ko`p tayyorgarlik ko`rdik. Shuning uchun biroz toliqdim, shekilli.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!