O`zbekistonning bir qator shaharlarida erosti silkinishlari sezildi

17:14, 10 aprel

10 aprel, yakshanba kuni Toshkent shahrida erosti silkinishlari sezildi.

Zilzila Toshkent vaqti bilan 15:28 atrofida sodir bo`ldi. “Daryo” nashrining ma`lum qilishicha,  er silkinishi epimarkazi Afg`oniston hududidagi Hindikush tog`larida joylashgan. Zilzila episentrida uning magnitudasi 6,8 ni tashkil qilgan.

Toshkent, Samarqand va Farg`onada zilzila kuchi 3 ballni, Navoiyda 2 ballni tashkil qilgan. “Toshkent” seysmostansiyasi zilzila kuchi uning episentrida 7 magnitudani tashkil etganini ma`lum qilgan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!