Obama prezidentligi davridagi eng katta xatosini tan oldi

10:38, 11 aprel

AQSh prezidenti Barak Obaman davlat rahbari lavozimida faoliyat yuritgan davrida yo`l qo`ygan xatolarini tan oldi. U bu haqda Fox News  telekanaliga bergan intervyusida so`zlab berdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

“Balki bu Liviyaga bosqinchilik uyushtirilganining ertasiga biror reja tuzishga uquvsizlik qilganimda namoyon bo`lgandir. O`sha paytlarda bu operasiyani to`g`ri amalga oshirilgan deb o`ylaganman”, – dedi Amerika prezidenti. Ammo shu bilan birga o`zining eng katta yutug`i deb mamlakatni buyuk depressiyadan qutqarib qolganligini aytib o`tdi.

11 martda Obama Evropa rahbarlarini Liviyadagi tartibsizliklar uchun aybdor deb hisoblagan edi. U asosiy aybni Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi va Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronlarga to`nkadi. Uning aytishicha, Fransiya rahbari Liviya ishlariga aralashgandan ko`p vaqt o`tmay lavozimidan ayrilgan bo`lsa, Britaniyalik siyosatdon boshqa ishlarga chalg`ib, bu vaziyatga e`tibor bermay qo`ygan.

2011 yilda AQShning yordami bilan Liviya rahbari Muammar Kaddafi lavozimidan ozod etilgach, mamlakatda fuqarolik urushi boshlanib, 2016 yilning fevral oyiga qadar davlat ikki qismga: Jahon hamjamiyati tan olgan Tobrukdagi demokratik saralanganlar va Tripoldagi terrorchilarga bo`lingan. 2015 yilning 17 dekabrida BMT vositasida tomonlar yagona hukumatni tashkil qilish uchun bitimga imzo chekishgan. Uning tarkibi 15 fevralda e`lon qilingan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!