Sbarro restoranlar tarmog`i sohibi Tel-Avivda qiziga dabdabali to`y qildi

11:01, 11 aprel

Ayni kunlarda rossiyalik tadbirkor Merab Elashvili to`ng`ich qizi Annani turmushga berdi, shu munosabat bilan u Tel-Avivda mashhur yulduzlar ishtirokida dabdabali to`y marosimini o`tkazdi, deb xabar berdi “Woman.ru” nashri.

Lifenews portalining ma`lumot berishicha, ayni kunda Tel-Avivda Sbarro restoranlar tarmog`i egasi Merab Elashvili 18 yoshli qizi Annani isroillik 20 yoshli David Mardiga turmushga bergan. Janob Elashvili to`yga ikki mingga yaqin mehmon chaqirgan. Ularning orasida davrani qizdirgan rossiyalik qo`shiqchilar Nikolay Baskov va Soso Pavliashvililar ham bo`lgan.

To`yda mashhur teleboshlovchilar Valdis Pelsh va Olga Shelestlar boshlovchilik qilishgan. Tantanada rossiyalik qo`shiqchilardan tashqari isroillik mashhur xonandalar hamda amerikalik reper Rayan Leslilar ham qo`shiq kuylashgan.

Kelin dubaylik tikuvchilar tomonidan maxsus tayyorlangan 6 ming evrolik kelin ko`ylak kiygan. Anna Elashvili hayajonlanganiga qaramay, juda go`zal kelin bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!