Kun  hikmati

11:06, 11 aprel

Yoshlik-ajoyib: uni elga sovurish jinoyatdir.

 Bernard Shou

Tushkunlikka tushgan yosh yigitning qiyofasidan ayanchli qiyofa yo`q.

 Mark Tven

Yoshlikdagi isrofgarchilik qarilikka berilgan shunday bir xirojki, uni keyin o`ttiz yil davomida ustamasi bilan to`lab borishga to`g`ri keladi.

Charlz Kaleb Kolton 

Yoshlikdagi gunohimizni keksayganda yuvishga to`g`ri keladi.

Erazm Rotterdamskiy

Yoshmisan, keksani sen hurmat ayla, 
O`zing ham qariysan, hozirdan o`yla. 

Farididdin Attor

Keksayganda yoshlikdagi butun kuch-quvvat bezavol ishga sarf bo`lganini his etishdan ortiq tasalli yo`q.

Artur Shopengauer

Yoshlik biror narsa to`g`risida mulohaza qilishdan ko`ra ixtiro qilishga, maslahatdan ko`ra amalga oshirishga, muayyan bir ish bilan shug`ullanishdan ko`ra turli-tuman xayolotlar bilan yashashga moyilroq bo`ladi.

Frensis Bekon

Talantsiz yigit mo`ysafiddir.

Jyul Renar

Qo`lingdan kelsa zamondan ilgariroq yur, agar qo`lingdan kelmasa, zamon bilan barobar qadam tashla, ammo hech qachon zamondan orqada qolma.

Valeriy Bryusov

Yoshlik- buyuk afsungar.

Aleksandr Pushkin

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!