Jennifer Lopesning shohona libosi barchani lol qoldirdi(Foto)

11:16, 11 aprel

Gollivudda bo`lib o`tgan American Idol musiqiy shousining finaliga tashrif buyurgan Jennifer Lopes o`z imiji va shohona libosi bilan barchani lol qoldirdi.  46 yoshli xonanda nafaqat unutilmas chiqishi, balki betakror tashqi ko`rinishi bilan barchani hayratga sola oldi. 

American Idol finalida barcha chiqishlar unutilmas muvaffaqiyatli amalga oshirildi va nafaqat muxlislar, balki hay`at a`zolarining ham tinimsiz olqishiga sabab bo`ldi. Biroq Jey Loning chiqishini hamma e`tirof etdi.

Xonandaning libosi  tillarangda bo`lib, u YAS Couture brendiga oid, uni Christian Louboutin brendining shu rangli jimjimador oyoq kiyimi yanada to`ldirdi. 

    

Jey Lo tadbirda o`zining yangi I Ain't Your Mama qo`shig`ini ijro etdi.  

 

Manba: Woman.ru

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!