12 aprel kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

12:16, 11 aprel

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 12 aprel kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-8, kunduzi 13-15 daraja issiq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi,  yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 5-10,  kunduzi 18-23 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi.  Kechasi 5-10,  kunduzi 15-20 daraja issiq bo`ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi,  ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja issiq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja issiq bo`ladi.   

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja issiq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!